Israel Adesanya faoliyatini yakunlagach nima bilan shug‘ullanishini aytdi
O‘rta vazn toifasida ikki karra UFC chempioni, nigeriyalik Israel Adesanya aralash yakkakurashlardagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng qaysi sohalarda o‘zini sinab ko‘rmoqchi ekanligi haqida so‘z ochdi.
«Men dijeylik qilishim mumkin. Buning uchun to‘rt oylik mehnat sarflandi va men buni uddaladim. Shunchaki dijey emas, balki haqiqiy shoularda chiqish qiladigan darajaga chiqdim. Shuningdek, Gollivuddan ham takliflar bor... Ammo men ko‘proq EA, Activision kabi videoo‘yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarda ishlashni va o‘yinlar yaratishni afzal ko‘rgan bo‘lardim», — deya ta’kidladi Adesanya o‘zining YouTube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Adesanya navbatdagi jangini 28 mart kuni UFC Fight Night 271 turniri doirasida amerikalik Jo Payferga qarshi o‘tkazadi.