Ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata sportga qimor o'ynashda ayblanayotgani borasida izoh berdi
Ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata, hozirda Italiyaniing «Milan» klubiga tegishli bo'lsa-da, Turkiyaning «Galatasaray» jamoasida to'p surmoqda. U o'zining sport qimor o'yinlariga aloqadorligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Ma'lumotlarga ko'ra, yaqinda jamoadoshi Nikolo Dzanyoloning bir necha yuz ming yevro miqdorida noqonuniy stavkalar qilgani bo'yicha tergov boshlangan. Morata ushbu ayblovlarga ijtimoiy tarmoqlarda munosabat bildirib o'tdi:
«Men haqimda tarqalayotgan barcha ma'lumotlarni ko'rdim va tushuntirmoqchiman: mening Fajoliga bergan yagona yordamim - do'st sifatida va tajribali inson sifatida unga faqat martaba bo'yicha maslahat berish bo'lgan. Uning holatidan xabardor emasdim. Men Nikoloni juda yaxshi ko'raman va u tez orada xatolarini to'g'rilaydi, deb umid qilaman. Lekin men uning ishiga hech qanday aloqador emasman va muxlislardan yolg'on xabarlarni tarqatmasliklarini so'rayman. Yana bir bor ta'kidlayman: tarqalgan ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi va men ularni rad etaman. Rahmat».
Shuningdek, gumondorlar ro'yxatiga Ueston MakKenni («Yuventus»), Mattia Perin («Yuventus»), Anxel Di Mariya («Benfika»), Leandro Paredes («Roma»), Alessandro Florenzi («Milan»), Nikolo Dzanolo («Galatasaray») va boshqa futbolchilar ham kiritilgan. Ta'kidlanishicha, ularning barchasi ham noqonuniy platforma orqali sportga stavkalar qilmagan. Ayrimlariga nisbatan tergov ishlari onlayn poker va kazinoda ishtirok etgani uchun olib borilmoqda.