locale OZ

Ispaniyalik himoyachi Ugo Mallo jinsiy zo‘ravonlikda aybdor deb topildi

Futbolchining aybi 2024 yilda tan olingan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ispaniyalik himoyachi Ugo Mallo jinsiy zo‘ravonlikda aybdor deb topildi
FOTO: Getty Images

Ispaniyalik himoyachi Ugo Mallo jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda yakuniy tarzda aybdor deb topildi. Bu haqda Diario de Mallorca nashri xabar bermoqda.

24 aprel 2019 yilda «Selta»ning sobiq sardori «Espanol» klubining talisman kostyumidagi ayolning ko‘kragiga teggan. Hodisa La Liga uchrashuvi oldidan RCDE stadionida futbolchilar bir-biri bilan ko‘rishish uchun saf tortayotgan paytda sodir bo‘lgan.

Futbolchining aybi 2024 yilda tan olingan bo‘lsa-da, Mallo o‘zini oqlashda davom etgan. Barselonadagi 21-raqamli jinoiy sud uning so‘nggi apellyatsiyalarini to‘liq rad etdi va avvalgi hukmni kuchda qoldirdi.

Endi Mallo sud belgilagan jazoni to‘liq ado etadi. Unga 20 oy davomida har kuni 10 yevro miqdorida hisoblanadigan, jami qariyb 7 ming yevro jarima, shuningdek, jabrlanuvchiga 1 ming yevro moral kompensatsiya va foizlar, bundan tashqari sud xarajatlarini to‘lash majburiyati yuklatilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting