Ispaniyada Jahon chempionati g‘alabasi nishonlanayotgan paytda ayanchli hodisa yuz berdi
Shahar ma'muriyati binosidagi davlat bayroqlari 22 iyulgacha yarim ustunga tushiriladi.
ФОТО: Getty images
Ispaniyaning Siyudad-Rodrigo shahrida 2026 yilgi Jahon chempionati finalida milliy terma jamoa g‘alabasini nishonlash vaqtida fojeali hodisa sodir bo‘ldi.
Europa Press agentligi xabariga ko‘ra, bayram tadbirlari chog‘ida favvoraning bir qismi qulab tushgan. Hodisa sodir bo‘lgan paytda uning ustida bir nechta yoshlar bo‘lgan va natijada 13 yoshli o‘smir halok bo‘lgan.
Shahar ma'muriyati marhumning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi. Meriyaning rasmiy bayonotida ta'kidlanishicha, "milliy terma jamoa g‘alabasidan keyingi quvonch butun shahar uchun cheksiz qayg‘uga aylandi".
Hurmat ramzi sifatida shahar ma'muriyati binosidagi davlat bayroqlari 22 iyulgacha yarim ustunga tushiriladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist