Ispaniya terma jamoasi mart oyida kimga qarshi o‘ynashi ma’lum bo‘ldi
Bu bahs 27 mart kuniga belgilangan.
ФОТО: Getty images
Futbol bo‘yicha Ispaniya milliy terma jamoasi bekor qilingan Finalissima o‘rniga Serbiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv Ispaniyaning Villarreal shahrida joylashgan "Keramika" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lum qilinishicha, dastlab shu kuni amaldagi Yevropa chempioni Ispaniya terma jamoasi Argentinaga qarshi Finalissima doirasida maydonga tushishi kerak edi. Qatarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur uchrashuv Yaqin Sharqdagi voqealar sabab UEFA va KONYEBOL qarori bilan bekor qilingan.
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente mart oyidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun jamoa tarkibini 20 mart kuni e’lon qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist