Ispaniya terma jamoasi Isroil sabab JCh-2026da ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin
Bu haqda Ispaniya parlamentidagi sotsialistlar guruhi vakili Patxi Lopes o‘z chiqishida aytib o‘tdi.
ФОТО: Getty images
Agar Isroil JCh-2026da ishtirok etsa, Ispaniya turnirdan bosh tortishi mumkin. Bu haqda Ispaniya parlamentidagi sotsialistlar guruhi vakili Patxi Lopes o‘z chiqishida ta’kidlab o‘tdi.
«Agar Isroil musobaqada qatnashsa, Ispaniyaning jahon chempionatida qatnashmaslik masalasini ko‘rib chiqamiz», - dedi Lopes.
Ispaniya hukumati pozitsiyasi mamlakat ichida Isroilning xalqaro sport musobaqalarida ishtiroki yuzasidan kuchaygan bahslar fonida bildirildi.
Isroil jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda. Jamoa Italiya, Norvegiya, Estoniya va Moldova bilan bir guruhda joylashgan. 5 turdan so‘ng 9 ochko to‘plagan Isroil uchinchi o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist