Ispaniya Superkubogi taqvimi e'lon qilindi
Final o‘yini Jidda shahrida bo‘lib o‘tadi.
ФОТО: Getty images
Ispaniya Futbol federatsiyasi Ispaniya Superkubogi musobaqasining taqvimini e'lon qildi.
Turnir Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu mamlakat beshinchi bor ketma-ket Ispaniya Superkubogiga mezbonlik qiladi.
7-yanvar kuni yarim finalda "Barselona" va "Atletik" to‘qnash keladi. "Real" va "Atletiko" o‘rtasidagi bahs esa 8-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Final bellashuvi esa 11-yanvar sanasiga belgilangan. Ushbu bahs ham Jidda shahrida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi chempion — "Barselona". Kataloniyaliklar finalda “Real”ni mag‘lub etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist