Ispaniya Superkubogi. «Real» «Atletiko»ni magʻlub etib, finalga yoʻllanma oldi
Ispaniya Superkubogi yarimfinali doirasida «Atletiko» va «Real» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. O‘yin «Real»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda hisobni 2-daqiqada «Real» himoyachisi Federiko Valverde ochdi. 55-daqiqada Rodrigo madridliklar ustunligini oshirdi. 58-daqiqada esa «Atletiko» hujumchisi Aleksandr Syorlot hisobni qisqartirdi va o‘yinda yakuniy natijani o‘rnatdi.
Yarimfinalning ikkinchi juftligida «Barselona» va «Atletik» jamoalari to‘qnash keldi. Bellashuv kataloniyaliklarning 5:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, 11 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona» va «Real» klublari o‘zaro bahs olib boradi.
Ispaniya Superkubogining amaldagi sohibi «Barselona» hisoblanadi. 2025 yilgi finalda kataloniyaliklar «Real»ni 5:2 hisobida mag‘lub etgan edi.
Ispaniya Superkubogi. Yarimfinal
«Atletiko» — «Real» 1:2
Gollar: Syorlot (58) — Valverde (2), Rodrigo (55).