Ispaniya Superkubogi finalidan oldin «Real» tarkibi nima uchun oʻzgartirilgani maʼlum boʻldi
11 yanvar kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Ispaniya Superkubogi finali bo‘lib o‘tdi. Hal qiluvchi uchrashuvda «Barselona» azaliy raqibi «Real»ni 3:2 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
O‘yin oldidan, Toshkent vaqti bilan 22:45 da jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari e’lon qilindi. Dastlab «Real»ning asosiy tarkibida Arda Gyuler qayd etilgan edi, biroq oradan ko‘p o‘tmay madridliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso arizaga o‘zgartirish kiritib, startdagi o‘rinni Gonsalo Garsiyaga topshirdi.
Jurnalist Mario Kartaxenaning ma’lumotiga ko‘ra, Gyulerning dastlabki ro‘yxatda paydo bo‘lishi texnik xato bo‘lgan. Aslida esa Gonsalo Garsiyaning asosiy tarkibda maydonga tushishi avvaldan rejalashtirilgan.
Uchrashuvda «Barselona» safida Rafinya ikki bor gol urdi, yana bir to‘p Robert Levandovski hisobiga yozildi. «Real» tomonidan esa Vinisius va Gonsalo Garsiya raqib darvozasini ishg‘ol qildi.