Ispaniya Kubogi: Yarimfinalning barcha ishtirokchilari ma’lum boʻldi
5 fevral oqshomida Ispaniya Kubogining (Copa del Rey) chorak final bosqichi yakuniga yetdi. O‘tkazilgan shiddatli bahslar natijasida turnirning yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan to‘rtala jamoa nomi aniq bo‘ldi.
Yarimfinalga yo‘l olgan jamoalar:
- «Barselona»
- «Real Sosedad»
- «Atletik Bilbao»
- «Atletiko Madrid»
E’tiborli jihati shundaki, ushbu bosqichdan boshlab g‘oliblar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra aniqlanadi. Yarimfinal juftliklari esa yaqin orada bo‘lib o‘tadigan qura tashlash marosimidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Maʼlumot uchun, musobaqaning amaldagi g‘olibi «Barselona» klubi hisoblanadi. O‘tgan mavsumning hal qiluvchi final uchrashuvida kataloniyaliklar Madridning «Real» klubini qo‘shimcha bo‘limlarda 3:2 hisobida mag‘lub etib, chempionlikka erishgan edi.
Shuningdek, «ko‘k-anorranglilar» Ispaniya Kubogida g‘alaba qozonish bo‘yicha mutloq rekordchi sanaladilar — jamoa o‘z tarixida 32 bor ushbu nufuzli sovrinni qo‘lga kiritgan.