locale OZ

Ispaniya Kubogi. «Sevilya» «Alaves»ga magʻlub boʻlib, turnirdagi ishtirokini yakunladi

Musobaqaning amaldagi chempioni «Barselona» hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ispaniya Kubogi. «Sevilya» «Alaves»ga magʻlub boʻlib, turnirdagi ishtirokini yakunladi
FOTO: Getty Images
Ispaniya kubogi
17.12.2025, Yak.
Deportivo Alaves
1
Sevilya
0

Ispaniya Kubogi 1/16 final bosqichidan oʻrin olgan «Alaves» va «Sevilya» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Ushbu bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol 79-daqiqada «Alaves» hujumchisi Karlos Visente tomonidan penaltidan kiritildi.

Shu tariqa, «Sevilya» Ispaniya Kubogi — 2025/2026 musobaqasidagi ishtirokini yakunladi. «Alaves» esa turnirning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Kubogining amaldagi g‘olibi — Kataloniyaning «Barselona» jamoasi. O‘tgan mavsum finalida katalonlar «Real»ni 3:2 hisobida mag‘lub etgan edi.

Ispaniya Kubogi. 1/16 final

«Alaves» — «Sevilya» 1:0

Gol: Visente (79).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting