Ispaniya Kubogi. «Real»ni magʻlub etgan «Albasete» chorak finalda «Barselona»ga qarshi oʻynaydi
Bugun turnir chorak finaliga qurʼa tashlandi.
FOTO: Getty Images
Bugun, 19 yanvar kuni, Ispaniya Kubogining chorak final bosqichiga qur’a tashlandi. Natijada «Barselona»ning ushbu bosqichdagi raqibi «Albasete» bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, «Albasete» 1/8 finalda Madridning «Real» klubini mag‘lub etgandi.
Ispaniya Kubogi 1/4 final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:
- «Albasete» — «Barselona»;
- «Alaves» — «Real Sosedad»;
- «Valensiya» — «Atletik»;
- «Betis» — «Atletiko».
Hozirgi vaqtda Ispaniya Kubogining amaldagi g‘olibi «Barselona» hisoblanadi. O‘tgan mavsum finalida kataloniyaliklar Madridning «Real» jamoasini mag‘lub etgan edi. Shuningdek, «Barselona» ushbu turnir tarixidagi eng ko‘p g‘alabaga erishgan klub bo‘lib, jamoa hisobida Ispaniya Kubogida 32 ta chempionlik mavjud.
Nasrullo Karimov
Jurnalist