locale OZ

Ispaniya Kubogi. «Real Sosedad» «Atletik»ni magʻlub etib, finalga yoʻllanma oldi

San-Sebastyan klubi hal qiluvchi bahsda «Atletiko» bilan toʻqnash keladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ispaniya Kubogi. «Real Sosedad» «Atletik»ni magʻlub etib, finalga yoʻllanma oldi
FOTO: Getty Images

Ispaniya Kubogi yarimfinal javob uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda «Real Sosedad» o‘z maydonida Bilbaoning «Atletik» klubini qabul qildi. San-Sebastyandagi «Reale Arena»da o‘tgan bahs mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

Uchrashuvdagi yagona va hal qiluvchi golni 87-daqiqada «Real Sosedad» hujumchisi Mikel Oyarsabal penaltini aniq amalga oshirgan holda kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Bilbaodagi ilk o‘yinda ham San-Sebastyan klubi 1:0 hisobida zafar quchgan edi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (2:0), «Real Sosedad» Ispaniya Kubogi finaliga yo‘llanma oldi. Hal qiluvchi bahsda jamoa Madridning «Atletiko» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Ma’lumot o‘rnida, «Barselona» musobaqaning amaldagi g‘olibi edi (2025 yilgi finalda «Real»ni 3:2 hisobida mag‘lub etgan), biroq kataloniyaliklar yarimfinalda «Atletiko»ga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etishdi.

Ispaniya Kubogi. Yarimfinal

«Real Sosedad» — «Atletik Bilbao» 1:0 (1:0)

Gol: Oyarsabal (pen. 87).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting