locale OZ

Ispaniya Kubogi. «Real» 1/8 finalda «Albesete»ga magʻlub boʻlib, turnirni tark etdi

Arbeloaning debyuti omadsiz kechdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ispaniya Kubogi. «Real» 1/8 finalda «Albesete»ga magʻlub boʻlib, turnirni tark etdi
FOTO: Getty Images

Ispaniya Kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan uchrashuv yakunlandi. Unda mamlakatning ikkinchi divizoni ligasi vakili «Albasete» va Madridning «Real» klubi o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuvda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

42-daqiqada yarimhimoyachi Xavi Vilyar «Albasete»ni oldinga olib chiqdi. 45+3-daqiqada argentinalik Franko Mastantuono hisobni tenglashtirdi. 82-daqiqada hujumchi Xefte Betankor yana mezbonlarni hisobda oldinga chiqardi. 90+1-daqiqada hujumchi Gonsalo Garsiya «Real»ning ikkinchi golini urdi. 90+4-daqiqada esa Betankor yana gol urib, «Albasete»ga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, Madridning «Real» klubi Ispaniya Kubogidagi ishtirokini yakunladi. «Albasete»ga qarshi o‘yin «qirollik klubi» uchun yangi bosh murabbiy Alvaro Arbeloa qo‘l ostidagi ilk uchrashuv bo‘ldi. Avvalroq mutaxassis bu lavozimda hamyurti Xabi Alonsoning o‘rnini egallagan edi.

Ispaniya Kubogi. 1/8 final

«Albesete» — «Real» 3:2

Gollar: Vilyar (42), Betankor (82, 90+4) — Mastantuono (45+3), Garsiya (90+1).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting