locale OZ

Ispaniya Kubogi. «Barselona» safarda «Rasing»ni magʻlub etib, 1/4 finalga chiqdi

Uchrashuvda mezbonlarning ikkita goli hisobga olinmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ispaniya Kubogi. «Barselona» safarda «Rasing»ni magʻlub etib, 1/4 finalga chiqdi
FOTO: Getty Images

Ispaniya Kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Rasing» — «Barselona» uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Mamlakatning ikkinchi kuchli ligasida ishtirok etuvchi «Rasing» o‘z maydonida Kataloniya grandini qabul qildi. Yakunda mehmonlar 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.

O‘yindagi hisob 66-daqiqada «Barselona» hujumchisi Ferran Torres tomonidan ochildi. Qo‘shimcha vaqtning 90+5-daqiqasida esa Lamin Yamal ikkinchi golni urib, uchrashuvdagi yakuniy natijani belgilab berdi. Shu bilan birga, hakam «Rasing» tomonidan kiritilgan ikki to‘pni ofsayd sababli hisobga olmadi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Kubogi 1/16 finalida «Barselona» «Gvadalaxara» klubini 2:0 hisobida mag‘lub etgandi. «Rasing» esa mazkur bosqichda «Vilyarreal» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Ta’kidlash joiz, Ispaniya Kubogining amaldagi sohibi ham «Barselona» hisoblanadi. 2024/2025 yilgi mavsum finalida «ko‘k-anorranglilar» qo‘shimcha bo‘limlarda «Real»ni 3:2 hisobida taslim etgandi.

Ispaniya Kubogi. 1/8 final

«Rasing» — «Barselona» 0:2

Gollar: Ferran (66), Yamal (90+5).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting