Ispaniya JCH-2026dagi g'alabadan so'ng AQShga 15 million dollar soliq to'laydi
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) 2026 yilgi Jahon chempionatidagi g'alabadan so'ng AQSh byudjetiga 15 million dollar miqdorida soliq to'laydi. Bu haqda Fox News xabar berdi.
Manbaga ko'ra, odatda Jahon chempionati tashkilotchilari mezbon davlatlar bilan milliy terma jamoalarni soliq to'lovlaridan ozod qilish bo'yicha kelishuvga erishadi. Biroq AQSh hukumati Ispaniya milliy terma jamoasi futbolchilarini mamlakat hududida daromad olgan yakka tartibdagi soliq to'lovchilar sifatida baholagan.
Shu sababli Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi AQSh byudjetiga 15 million dollar soliq o'tkazishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati-2026 finalida Ispaniya terma jamoasi qo'shimcha bo'limlarda Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etib, o'z tarixida ikkinchi marta jahon chempioniga aylangan edi.