Ispaniya hakamlari Florentino Peres va «Real Madrid» televideniyesi ustidan shikoyat kiritdi
Ispaniya futbol hakamlari assotsiatsiyasi (AESAF) «Real Madrid» prezidenti Florentino Peres hamda klubning rasmiy televideniyesi ustidan Zoʻravonlikka qarshi kurashish komissiyasiga shikoyat yoʻlladi. Avvalroq «Qirollik klubi» rahbari Ispaniya hakamligida korrupsiya mavjudligi haqida bayonot bergan edi.
«Shikoyat janob Peresga, shuningdek, Ispaniya hakamlarining qadr-qimmati va daxlsizligini himoya qilish maqsadida AESAF tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan institutsional harakatlar doirasida «Real» televideniyesiga qarshi topshirildi.
Assotsiatsiyaning hisoblashicha, maʼlum bir ommaviy bayonotlarning takrorlanishi, shuningdek, klub tomonidan hakamlar korpusini muntazam ravishda shubha ostiga qoʻyadigan yoki obroʻsizlantiradigan kontentlarning davomiy ravishda tarqatilishi ularga nisbatan hurmatning kamayishiga olib kelmoqda. Vaholanki, ushbu hurmat sport faoliyatini toʻgʻri rivojlantirish uchun oʻta zarurdir. Aksincha, hurmatning yoʻqligi hakamlarga nisbatan keskinlik, dushmanlik yoki zoʻravonlik muhiti yuzaga kelishiga zamin yaratishi mumkin», — deya tashkilot bayonotidan keltirmoqda AS nashri.