locale OZ

Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches sobiq ittifoqdoshining Fransiya terma jamoasi haqidagi irqchilik gaplarini qoraladi

Fransiya va Ispaniya oʻrtasidagi uchrashuv 14-iyun kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches sobiq ittifoqdoshining Fransiya terma jamoasi haqidagi irqchilik gaplarini qoraladi
FOTO: Getty Images

Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches o‘zidan avval ushbu lavozimda faoliyat yuritgan Mariano Raxoyning Fransiya terma jamoasi haqida aytgan gaplarini keskin qoraladi. Avvalroq, sobiq bosh vazir o‘z nutqida Fransiya terma jamoasi tarkibida birorta ham haqiqiy fransuz futbolchisi yo‘qligini ta’kidlagan edi.

— "Ba’zilar haligacha ma’lum bir mamlakatga mansublikni familiya, tug‘ilgan joy yoki teri rangiga qarab belgilashadi. Boshqalar esa buni o‘sha davlatga bo‘lgan bog‘liqlik va uning rivojiga hissa qo‘shish istagi bilan o‘lchashadi. Futbol o‘ynash, keksalar haqida qayg‘urish yoki o‘z biznesini ochish orqali.

Ispaniya uni sevadigan va uning mavjudligini qo‘llab-quvvatlaydiganlarga tegishli. Uni ksenofobik bayonotlar bilan bulg‘aydiganlarga emas.

Fransiya, biz yarim finalda uchrashamiz. Eng kuchli jamoa g‘alaba qozonsin, irqchilik esa mag‘lub bo‘lsin", — deb yozdi Sanches o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya va Ispaniya terma jamoalari 2026-yilgi Jahon chempionatining 1/2 final bosqichi doirasida 14-iyul kuni o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting