Ispaniya 34 ta o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti
Jamoa oxirgi marta 2023 yilning mart oyida Shotlandiyaga yutqazgan.
ФОТО: Getty images
Ispaniya terma jamoasi rasmiy o'yinlardagi mag'lubiyatsiz seriyalar soni bo'yicha yangi rekord o'rnatdi.
Bosh murabbiy Luis de la Fuente shogirdlari JCh-2026 3-turida Urugvay terma jamoasini mag'lub etdi (1:0).
Shu tariqa, ispanlar ketma-ket 34 ta rasmiy uchrashuvdan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda (27 ta g'alaba va 7 ta durang).
Jamoa oxirgi marta 2023 yilning mart oyida, Yevro-2024 saralash bosqichi doirasida Shotlandiya terma jamoasiga imkoniyatni boy bergan edi (0:2).
Shunday qilib, ular bu ko'rsatkich orqali Ispaniya Braziliya terma jamoasiga tegishli bo'lgan tarixiy rekordni (1993–1998 yillardagi seriya) ortda qoldirdi.
Ma'lumot uchun, ushbu statistikada o'rtoqlik o'yinlari va penaltilar seriyasi hisobga olinmaydi.