Ispaniya 29 o‘yindan beri magʻlubiyat nimaligini bilmayapti
Ispaniya milliy jamoasi JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Bolgariya ustidan yirik 4:0 hisobida gʻalaba qozondi va magʻlubiyatsiz seriyasini 29 oʻyinga yetkazdi.
Bu davr mobaynida Luis de la Fuente shogirdlari 24 ta oʻyinda zafar quchib, 5 ta uchrashuvda durang natija qayd etishdi.
Opta maʼlumotlariga koʻra, Ispaniya ilgari ham shunday natijaga — 2010—2013 yillar oraligʻida, Visente del Boske boshqaruvida erishgandi. Oʻshanda «qizil furiya» 2010 yilgi Jahon chempionati va 2012 yilgi Yevropa chempionatida gʻalaba qozongan.
Eslatib oʻtamiz, 2023 yilning yanvaridan buyon Ispaniya milliy jamoasini Luis de la Fuente boshqarib kelmoqda. Uning qoʻl ostida ispanlar Yevro-2024 musobaqasida chempionlikni qoʻlga kiritgan.