locale OZ

Ismael Kone muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

U JCh-2026ning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ismael Kone muvaffaqiyatli operatsiya qilindi
FOTO: Getty Images

Kanada terma jamoasi yarimhimoyachisi Ismael Kone kichik va katta boldir suyaklarining sinishi oqibatida muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda Kanada milliy jamoasi matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida xabar tarqatdi.

Shifokorlarning prognozlariga ko‘ra, futbolchi jarohatdan so‘ng to‘liq tiklanishga erishadi, biroq u 2026-yilgi Jahon chempionatining qolgan o‘yinlarida jamoasiga yordam bera olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Qatar terma jamoasiga qarshi uchrashuvda (6:0) Kone 55-daqiqada raqib himoyachisi Assim Madiboning qo‘pol podkatidan so‘ng chap oyog‘idan og‘ir jarohat olgan va maydonni zambilda tark etgan edi.

Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi unvon sohibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting