locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Islombek Ismoilov: "Bu g‘alaba zamirida juda ko‘pchilikning mehnati yotibdi"

Futbol 20 apr 2025 da 23:33
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Islombek Ismoilov: "Bu g‘alaba zamirida juda ko‘pchilikning mehnati yotibdi"
PHOTO: Telegram

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuv va chempionlik xususida fikr bildirdi.

Avvalo, O‘zbekiston xalqiga g‘alaba muborak bo‘lsin. Bu g‘alaba zamirida juda ko‘pchilikning mehnati yotibdi. So‘nggi yillarda yurtboshimiz sportga, ayniqsa futbolga alohida e'tibor qaratmoqda. Buning uchun tashakkur aytamiz. Shuningdek, O‘FA rahbariyati, Xalqaro aloqalar va Terma jamoalar bo‘limi hamda bizning jamoamiz uchun mehnati singgan har bir insonga minnatdorlik bildiramiz. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan shu kunga qadar biz uchun juda ko‘plab yig‘inlar tashkil etildi, xalqaro turnirlarda ishtirok etishimiz uchun sharoit yaratib berildi.

Vatanimiz doimo qahramonlar, mard insonlar yurti bo‘lgan. Buni futbolchilarimiz yana bir bor maydonda ko‘rsatib berishdi. Fantastik o‘yin bo‘ldi, bu jasorat, matonat namunasi. Yigitlarga rahmat aytaman, ular imkonsiz vazifani bajarishdi. Hissiyotlarimizni so‘z bilan ta'riflab bo‘lmaydi. Oldimizda yanada muhim turnir bizni kutmoqda. Jahon chemionatida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilamiz.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting