locale OZ

Islombek Baratov — «Lokomotiv» futbolchisi

U o‘ng qanot himoyasi va yarim himoyasida birdek o‘ynay oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Islombek Baratov – «Lokomotiv» futbolchisi
Фото: Локомотив ПФК

Yangi mavsumga hozirlik ko‘rayotgan "Lokomotiv" iqtidorli yarim himoyachi Islombek Baratov bilan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Islombek Baratov 2000-yil 10-may kuni Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida tug‘ilgan. "Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Bo‘yi - 177, vazni - 70.

Futbolchilik faoliyatini "Nasaf" (2020/2021), "Sho‘rtan" (2022) va "Mash’al" (2023/2024/2025) klublarida o‘tkazgan.

Baratov o‘tgan mavsum muborakliklar safida Superligada 26ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol muallifi bo‘ldi. U o‘ng qanot himoyasi va yarim himoyasida birdek o‘ynay oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting