Islom To'xtaxo'jayev: \"Hammani kayfiyati a'lo darajada\"
Xabaringiz bor, 5 va 10-iyun kunlari Jahon chempionati saralash bosqichining so‘nggi ikki o‘yini o‘tkaziladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu hal qiluvchi uchrashuvlarga tayyorgarlikni Toshkent shahrida boshladi. Jamoamiz Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar terma jamoalariga qarshi muhim bahslarga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda.
Terma jamoamiz himoyachisi Islom To'xtaxo'jayev bo'lajak o'yinlar haqida o'z fikrlarini bildirdi:
“Futbolchilarni kayfiyati a'lo darajada. Ohirgi qadam qoldi. Hamma tushunib turibdi. Xudo xohlasa Amirliklardan xalqimizni orzusini amalga oshirib, bayrim qilib qaytish nasib qildin. Tayyorgarlikni bugundan boshladik. Murabbiylarimiz o'yinga kerakli bo'lgan ko'rsatmalarni beradi. Asosiysi oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishimiz kerak”,-deydi Islom To'xtaxo'jayev