locale OZ

Islom Ismoilov: \"Turon\" meni futbol jamoatchiligi orasida tanilishimga sabab bo'lgan

Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Islom Ismoilov: "Turon" meni futbol jamoatchiligi orasida tanilishimga sabab bo'lgan
PHOTO: Telegram

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov yaqinda professional faoliyatini yakunlagan Yaypanning “Turon” klubi haqida fikr bildirdi:

Turon" qisqa fursat ichida o‘zbek futboliga ko‘p narsa berib ketdi. Birinchidan, davlat tomonidan moliyalashtirilmaydigan xususiy klublar mana shunday natijalarga erisha olishini isbotlab berdi.

Ikkinchidan, mablag‘larni o‘rinli sarflanishi orqali katta raqamlar aks etmaydigan smeta bilan ham infratuzilmani eng yaxshilardan biriga aylantirish mumkinligini futbol jamoatchiligiga ko‘rsata oldi. Hozir bularning barchasi Yaypan xalqi uchun qolgan, chekka xududlardagi va mahalliy yosh futbolchilar zamonaviy va qulay sharoitli infratuzilmalardan foydalanishmoqda.

Shu darajaga etib kelishimga "Turon"ning ham hissasi bor. Yosh bo‘lishimga qaramasdan menga dastlab Pro-ligada, keyinchalik Superligada ham ishonch bildirib, qaysidir ma’noda futbol jamoatchiligi orasida tanilishimga sabab bo‘lgan klub. Albatta, "Turon" doimo qalbimda qoladi. Klub ta’sischilari va mutasaddilaridan hamisha minnatdorman,-deydi Ismoilov

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting