locale OZ

Islom Ismoilov: Turkiya ko'proq himoyaga e'tibor qaratdi

O'zbekiston U-17 jamoasi bosh murabbiyi turkiyalik tengqurlari bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Islom Ismoilov: Turkiya ko'proq himoyaga e'tibor qaratdi
photo: UFA

O'zbekiston U-17 hamda Turkiya U-17 2:2 jamoalari o'yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Islom Ismoilov fikr bildirdi.

"O'yinga keladigan bo'lsak anchadan beri U-17 jamoasi Toshkentda o'yin o'tkazgani yo'q edi. Shu boisdan ushbu bahs ko'proq emotsiyalarga boy bo'ldi. Futbolchilarda baribir qanaqadir hayajon sezildi. Chunki futbolchilar yosh.

Turkiya ko'proq himoyaga e'tibor qaratdi. Himoyachilarimizning xatosidan keyin, standart vaziyatdan unumli foydalanib hisobda oldinga chiqib olishdi.

Raqibning zich himoyasini yorib o'tish qiyin bo'ldi, lekin 2 ta gol urib vaziyatni o'nglashga harakat qildik. Umuman olganda bu tayyorgarlik o'yini, shuning uchun ham ko'proq futbolchilarga imkoniyat berdik.

Ikkala gol ham standart vaziyatlardan bo'ldi. Ammo o'yindan oldin har bir futbolchiga standart vaziyatlar bo'yicha aniq ko'rsatmalar beramiz.

Gol o'tkazib yuborilgan holatlarda ayrim futbolchilar o'z vazifasini bajarib bera olishmadi, shuning hisobiga raqib qarshi hujumda bizni jazoladi. Vaziyatni ko'rib, o'rganib chiqamiz. Yosh futbolchilarni o'rganadiganlari juda ko'p.

Tayyorgarlik jarayonida ko'proq rotatsiya bo'ladi. Jahon chempionatiga yaqin qolganda optimal tarkib shakllanishni boshlaydi.

Shu tarkibdan 23 tasi Jahon chempionatiga boradi, lekin 2 kishi barbir milliy jamoa lagerini tark etishga to'g'ri keladi. Dubaydagi yig'inimizdan keyin hammasi aniq bo'ladi.

O'rtoqlik uchrashuvlari orqali ko'ramiz, Nurbek jamoamiz uchun kerakli futbolchi. Sababi bu jamoani Osiyo chempionatiga chiqishidayam juda ko'p mehnat qilgan.

Albatta unga nisbatan ozgina adolatsizlik bo'ldi. 2-marta yana unga nisbatan adolatsizlik qilishni xohlamaymiz. Lekin hali oldinda o'rtoqlik uchrashuvlari bor. O'shandagi o'yinlarda o'zini ko'rsata olsagina yakuniy tarkibga kirishadi. Bu futbol. Kuzatamiz. Kim tayyor bo'lsa o'sha jahon chempionatiga boradi",-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting