locale OZ

Islom Ismoilov: \"Murabbiy sifatida men tushkunlikka tushmasligim kerak edi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Islom Ismoilov: "Murabbiy sifatida men tushkunlikka tushmasligim kerak edi"
PHOTO: Telegram

O'zbekiston U17 terma jamoasi bosh murabbiyi Toshkent xalqaro aeroportidagi tantanali marosimdan keyin, jurnalistlar bilan kichik suhbat uyushtirdi:

"Albatta yuksak e'tirof, biz uchun yuksak yutuq. Bosh murabbiy sifatida buning uchun hammaga minnatdorchilik bildiraman. Buning tagida juda ko'p insonlarning mehnati yotibdi. Juda ko'pchilik mehnat qildi. Barchalariga rahmat aytaman. Emotsiyalarni ta'riflab bo'lmaydi.

Jamoa to'qqiz kishi qolganidan keyin oldimizda boshqa yo'l yo'q edi. Faqat bitta yo'l bor edi, u ham bo'lsa o'yinni qutqarib qolish. Ikkinchi bo'limda murabbiylar shtabi bilan birgalikda to'g'ri yechim topa oldik va futbolchilar matonat ko'rsatishdi. Ikki qizil kartochka jamoaga juda katta ruhiy ta'sir qildi, lekin ishonch bor edi. Murabbiy sifatida men tushkunlikka tushmasligim kerak edi. Chunki bu futbolchilarga ta'sir qilishi mumkin edi. Shuning uchun ham birinchi taymdan keyin futbolchilarni ruhlantirishga va tinchlantirishga harakat qildim",-deydi Ismoilov

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting