locale OZ

Islom Ismoilov: \"Ertangi o'yinga yuz foiz tayyormiz\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Islom Ismoilov: "Ertangi o'yinga yuz foiz tayyormiz"
Photo: gettyimages

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov BAAga qarshi uchrashuv oldidan fikr bildirdi:

Guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan tugatish yoqimli. Biz uchun asosiy o'yinlar endi boshlanyapti. Ertangi raqibimiz Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi. Yaxshi raqib. Osiyoda o'zi o'rniga ega jamoalardan biri. BAA termasini chuqur tahlil qilib o'rganib chiqdik va ayta olamanki, ertangi bo'ladigan uchrashuvga jamoamiz yuz foiz tayyor. Xudo xohlasa ertaga chiroyli o'yin ko'rsatib, muhlislarni xursand qilgan holda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, jamoamizning Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi o‘yini 13-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15da Toif shahridagi “Qirol Fahd” stadionida start oladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting