locale OZ

Islom Ismoilov: \"Bor energiyamiz va ishtiyoqimiz bilan harakat qildik\"

Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Islom Ismoilov: "Bor energiyamiz va ishtiyoqimiz bilan harakat qildik"
PHOTO: Telegram

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov KXDRga qarshi oʻyindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etib, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi

Islombek Ismoilov:

Avvalo, butun O‘zbekiston xalqini g‘alaba bilan tabriklayman. Bizni qo‘llab-quvvatlagan, bizga yordamini ayamagan har bir insonga minnatdorlik bildiraman. Qiyin o‘yin bo‘ldi, chunki raqibimiz jismoniy jihatdan juda kuchli edi. Bor energiyamiz va ishtiyoqimiz bilan harakat qildik. Bu kunga qadar juda ko‘p tayyorgarlik ko‘rdik va g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik.

Albatta, qizil kartochka bizga biroz yordam berdi. Avval ta'kidlaganimdek, raqib o‘tkazgan barcha o‘yinlarida, 90 daqiqa davomida tinimsiz pressingda ishlashiga guvoh bo‘ldik. Ularga qarshi o‘ynagan jamoalar o‘z jarima maydonlari atrofida himoyalanishgan, biz esa himoyamizni raqib maydonidan boshlab qurishga harakat qildik. Aniq ayta olamanki, KXDR jamoasi to‘liq tarkib bilan o‘ynaganida ham, biz o‘z uslubimizdan chekinmas edik. Tanaffus vaqtida futbolchilarga bir lahza bo‘lsa ham hotirjamlikka berilmaslik va hujumlar sonini oshirish haqida ko‘rsatma berdik. Biz har qanday holatda ham ularni qo‘llab-quvvatlaymiz

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting