locale OZ

Islom Ismoilov: “Asosiy vazifa bajarildi, biroq xotirjamlikka berilmaslik kerak”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Islom Ismoilov: “Asosiy vazifa bajarildi, biroq xotirjamlikka berilmaslik kerak”
FOTO: UzbekistanFA

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov Sports24.uz saytiga intervyu berdi.

Mutaxassis suhbat chog'ida terma jamoamizning Osiyo Kubogidagi o'yinlari va mundial yo'llanmasi qo'lga kiritilganidan keyingi futbolchilarni ruhiy holati haqida aytib o'tdi.

“Asosiy vazifa - Jahon chempionatiga chiqish bajarildi. Lekin biz xotirjamlikka berilmasligimiz kerak. Futbolchilarga Xitoyga qarshi o'yindan keyinoq emotsiyalarni nazorat qilish hamda Jahon chempionatiga chiqish - bu faqat yo'lning boshlanishi, endigi asosiy maqsad Osiyo chempioni bo'lish kerakligini ta'kidlab o'tganmiz.

Endi bundan buyog'iga biz o'z salohiyatimizni to'liq ko'rsatishimiz kerak. Saudiya Arabistoni bilan o'yin ham shunday sinov.

O'yindan-o'yinga o'sishni maqsad qilganmiz. Ruhiy bo'shashish yo'q, aksincha, endi yanada katta ishtiyoq bilan oldinga harakat qilamiz”, - deydi Ismoilov.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston U-17 va Saudiya Arabistoni U-17 terma jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga, 9-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting