locale OZ

Islom birdamlik o‘yinlarida futzal taqvimi tasdiqlandi

Guruhlarda birinchi va ikkinchi o’rinlarni egallagan jamoalar 9-noyabr kuni yarim finalda kuch sinashadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Islom birdamlik o‘yinlarida futzal taqvimi tasdiqlandi
photo: UFF

Noyabr oyining birinchi yarmida jahon sport jamoatchiligining diqqat e`tibori Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahriga qaratilgan bo‘ladi. 4-21 noyabr sanalarida 23 sport turini o’zida jamlagan VI Islom birdamlik o‘yinlari muxlislarga unutilmas lahzalarni tortiq etadi.

Kecha Islom Birdamligi O’yinlarini ochib beruvchi futzal musobaqasi taqvimi tasdiqlandi. Unga ko’ra jamoalar 2-noyabr sanasiga Ar Riyod shahriga yetib kelib, mashg’ulotlarga kirishishi mumkin. O’sha kuni jamoa rasmiylari ishtirokida yig'ilish ham bo’lib otadi. Guruh bosqichi bahslari 4-noyabrda start oladi. Ikkinchi va uchinchi tur uchrashuvlari 6-8-noyabr sanalariga rejalashtirilgan.

Guruhlarda birinchi va ikkinchi o’rinlarni egallagan jamoalar 9-noyabr kuni yarim finalda kuch sinashadi. 11-noyabrda 3-o’rin uchun bahs hamda final o’yinining guvohiga aylanamiz.

Quyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o’yinlari taqvimi bilan tanishing:

1-tur. 04.11.2025-yil, soat 19:00 – 21:30. Saudiya Arabistoni – O’zbekiston
2-tur. 06.11.2025-yil, soat 16:00 – 18:30. O’zbekiston – Ozarbayjon
3-tur. 08.11.2025-yil, soat 16:00 – 18:30. O’zbekiston – Liviya

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting