locale OZ

Islom Ahmedov: «Raqibga nisbatan bizdagi vaziyatlar xavfliroq chiqdi»

«Andijon» – «Yenisey» (1:1) o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan keyin jamoa bosh murabbiyi Islom Ahmedov klub matbuot xizmati uchun taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Islom Ahmedov: «Raqibga nisbatan bizdagi vaziyatlar xavfliroq chiqdi»
photo: Andijon fk

“Andijon” – “Yenisey” (1:1) o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan keyin jamoa bosh murabbiyi Islom Ahmedov klub matbuot xizmati uchun taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yindan qoniqish bor. Yigitlarimizda ijobiy tomonga juda yaxshi o'sish bor. Lekin, baribir 100 foiz qoniqdik, desak ishlashdan to'xtab qolamiz. Albatta, yana ishlaydigan jihatlarimiz borligi ko'rindi. Umumiy olganda, yigitlarni harakatlari yaxshi bo'ldi. Juda ko'p imkoniyatlarimiz bo'ldi. Yakuniy qismda kamchiliklarimiz sezilib qoldi. Yoqqan tomoni futbolchilarimiz borini berib, oxirigacha kurashishdi va har qanday qiyin vaziyatlarda ham og'ir bosiqlik bilan pas orqali chiqib ketishayotgani yaxshi bo'ldi.

- Raqib ustozi o'yin davomida ancha asabiylashib shogirdlariga e'tirozlar bildirdi...

- Har bir murabbiyni o'z qarashi bor. To'g'risi, raqib murabbiyiga e'tibor bermadim. Bor fokusni o'z jamoamga qaratdim.

- 1:1 hisobi o'yinga mos tushdi, deb o'ylaysizmi?

- Raqibga nisbatan ko'proq hujumlar qildik, ko'proq vaziyatlar yaratdik. Biroq ularda ham imkoniyatlar bo'ldi. Shunga qaramay, ko'proq bizdagi vaziyatlar xavfliroq chiqdi. Yutsak bo'lardi. G'alaba qozonish imkoniyatimiz bor edi. Faqat hujumlarda oxirgi nuqtani qo'yishda ozgina sovuqqonlik va aniqlik yetishmadi.

- Murabbiy sifatida mazkur o'yindan o'zingiz uchun o'ylagan barcha jihatlarni oldingizmi?

- Yig'in oxiriga yetib boryapti. Mashg'ulotlardagi ishlanmalarimiz ko'rinishni boshladi. Yana ham toliqish hisobiga shunchalik ko'rinyapti. Xudo xohlasa, tetik holatda yanada yaxshiroq chiqadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting