locale OZ

Islom Ahmedov: «Bate» 2 bizga yaxshi qarshilik ko'rsatdi»

Minskda bo'lib o'tgan «Andijon» – «Bate» 2 (3:1) jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan keyin «burgutlar» bosh murabbiyi Islom Ahmedov o'z fikrlarini bildirdi:
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Islom Ahmedov: «Bate» 2 bizga yaxshi qarshilik ko'rsatdi»
photo: Andijon fk

Minskda bo'lib o'tgan «Andijon» – «Bate» 2 (3:1) jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan keyin «burgutlar» bosh murabbiyi Islom Ahmedov o'z fikrlarini bildirdi:

«Bate” 2 jamoasi bizga yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Shuning hisobiga kamchiliklarimizni bilib, nimani ustida ishlashimiz kerakligini ko'rib oldik.

Albatta, yaxshi tomonlarimiz ham bor. Biz yanada o'yinimizni takomillashtirish ustida ishlayapmiz. Hujumlarni imkon qadar samarali yakunlash bo'yicha ishlashimiz kerak. Gol urish bo'yicha samaradorlikni oshirish lozim. Chunki hujumlarimiz bo'lyapti, faqat yakuniy pasda biroz xatoliklar bo'lmoqda.

Pozision hujumlarda biroz shoshilyapmiz. Mana shu jihatlar ustida ishlashda davom etamiz. Raqib jiddiy qarshilik ko'rsatdi, ular ham imkoniyatlarga ega bo'ldilar. Ko'zga ko'ringan kamchiliklarimizni bartaraf qilish uchun ishlaymiz. Bu yig'in aynan shuning uchun tashkil etilgan»,-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting