locale OZ

Islom Ahmedov «Andijon»ning vaqtincha bosh murabbiy lavozimiga tayinlandi

Murabbiy sifatida Andijon futbol akademiyasida ko'p yillar davomida samarali ish olib borgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Islom Ahmedov «Andijon»ning vaqtincha bosh murabbiy lavozimiga tayinlandi
Фото: Андижон ПФК

Bugun “Andijon” klubi qarorgohida rahbariyat va jamoa a'zolari o'rtasida kun tartibidagi masala yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko'ra, mahalliy mutaxassis Islom Ahmedov vaqtincha bosh murabbiy lavozimiga tayinlandi. Bungacha u murabbiylar shtabida faoliyat ko'rsatib kelayotgandi.

Ma'lumot uchun, Islom Ahmedov 1986 yilning 8 iyul sanasida tavallud topgan. Andijon futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi sifatida “UzDongJu”, “Dinamo” (Samarqand), “So'g'diyona” va albatta “Andijon” sharafini himoya qilgan.

Murabbiy sifatida Andijon futbol akademiyasida ko'p yillar davomida samarali ish olib borgan.

Shuningdek, jamoamiz murabbiylar shtabida Ahmedovga Sergey Arslonov yaqindan yordam beradi. U 1986 yilning 6 noyabr sanasida tavallud topgan bo'lib, o'yinchilik faoliyatini “Mash'al”, “Sho'rtan”, “UzDongJu” singari klublarda o'tkazgan. Qolaversa, “Paxtakor”, “Kuban” (Rossiya) va “Dinamo” (Kiev, Ukraina) akademiyalarida tahsil olgan. Murabbiy sifatida Qirg'izistonning "Dordoy” klubini boshqargan. Shuningdek, yurtimizda “Surxon”, “Neftchi” hamda “So'g'diyona” jamoalarida faoliyat olib borgan. Endilikda esa “Andijon”da katta murabbiy lavozimida ishlaydi.

Bundan tashqari, darvozabonlar murabbiyi sifatida bungacha U21 jamoasida mehnat qilib kelayotgan Bekzod Turg'unov ish olib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting