locale OZ

Islom Ahmedov «Andijon»da o'z vazifasida yil oxirigacha qoladi

Endilikda Ahmedov vaqtinchalik emas, balki to'laqonli ravishda rasman bosh murabbiyga aylandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Islom Ahmedov «Andijon»da o'z vazifasida yil oxirigacha qoladi
Фото: Андижон ПФК

Shu yilning 14 aprel sanasida Islom G'ulomovich Ahmedov “Andijon” klubiga vaqtincha bosh murabbiy lavozimiga tayinlangandi.

Ortda qolgan vaqt davomida jamoa uning boshchiligida hozirga qadar Superliga va Kubok bahslarida umumiy hisobda 5 ta o'yinda 4 g'alaba va 1 durang qayd etdi.

Tabiiyki, natijalar ijobiy ko'rinish olgach, muxlislarda ham ijobiy kayfiyat hukm surmoqda.

Klub rahbariyati esa kamida mavsum oxiriga qadar Islom Ahmedovni bosh murabbiy lavozimida qoldirishga qaror qildi. Endilikda Islom Ahmedov vaqtinchalik emas, balki to'laqonli ravishda rasman bosh murabbiyga aylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting