Iskandar Shayqulov «Sho‘rtan» a’zosiga aylandi
Shayqulov “oq bo‘rilar” bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Фото: Шўртан ПФК
“Sho‘rtan” jamoasi transfer oynasi doirasida tarkibini yangi futbolchilar bilan kuchaytirishni boshladi.
Klub matbuot xizmati xabar berishicha, tajribali yarim himoyachi Iskandar Shayqulov “oq bo‘rilar” bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Futbolchi faoliyati davomida “So‘g‘diyona”, “Metallurg”, “Andijon” va “Xorazm” jamoalari sharafini himoya qilgan.
"Iskandar Shayqulov o‘z tajribasi va mahorati bilan jamoamiz oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda munosib hissa qo‘shishiga ishonamiz", - deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist