locale OZ

Ishondingizmi? Axir bugun 1-aprel!

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ishondingizmi? Axir bugun 1-aprel!
PHOTO: Telegram

Termizning “Surxon” klubi matbuotida qiziq xabar chiqdi:

“Jamoamizning himoyachisi Nodirxon Ne'matxonov yozda Shotlandiyaning "Seltik" klubiga o‘tadi. So‘nggi 8 oy davomida shotland klubi skautlari himoyachimizni diqqat bilan kuzatib borishdi. Xususan, ular 2024-yilda bir nechta Superliga o‘yinlarini joyida kuzatishgan, shuningdek, Turkiyadagi yig‘inlarni ham faol kuzatishgan.

Kelishuvga ko‘ra, Nematxonov joriy yil yozida Shotlandiya chempionatiga o‘tadi va 2+2 shaklidagi shartnoma imzolaydi. Transfer summasi — 600 000 yevro.

Biz Nematxonovga Yevropada omad tilaymiz va faxr bilan "Surxon" futbolchisi Yevropaga ilk transfer qilinayotganini e’lon qilamiz”,-deb yozadi klub matbuoti avvaliga.

Oradan bir muncha vaqt o’tib, “Surxon” matbuoti hammasi hazil ekanligi haqida post qoldirdi. Jumladan xabar shunday yozilgan edi:
“Ishondingizmi? Axir bugun 1-aprel! Nodirxonni hech kimga bermaymiz. Bunday kuchli himoyachi bizning o‘zimizga kerak!”,-deb yozildi xabardi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting