Isak: «O'ylaymanki, bizda salohiyat borligini ko'rsatdik»
"Liverpul" forvardi "Kristal Pelas"ga qarshi bahs borasida o'z fikrlarini bildirdi.
ФОТО: Getty images
"Liverpul" hujumchisi Aleksander Isak Angliya Premyer-ligasining 34-turida "Kristal Pelas"ga (3:1) qarshi o'yindan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Kristal Pelas" — yaxshi raqib, ularga qarshi o'yinlar hech qachon oson bo'lmaydi. O'ylaymanki, ko'p vaziyatlarda o'zimizni yaxshi ko'rsatdik, balki, yakunda bunchalik asabiylashmaslik kerak edi. Yomon o'ynamadik, uchinchi golni urishga muvaffaq bo'lganimiz ajoyib.
"Kristal Pelas" — eng yon bermaydigan jamoalardan biri, ularga gol urish va vaziyatlar yaratish qiyin. O'ylaymanki, bizda salohiyat borligini ko'rsatdik — shunchaki bu sport formasini saqlab qolish kerak", — deya Isakning so'zlarini keltiradi mersisaydliklar rasmiy sayti.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist