locale OZ

Isak «Nyukasl»ning 1-tur o‘yini uchun qaydnomasiga kiritilmadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Isak «Nyukasl»ning 1-tur o‘yini uchun qaydnomasiga kiritilmadi
Photo: Getty Images

“Nyukasl” hujumchisi Aleksandr Isak mavsumning birinchi o‘yinida maydonga tushmaydi.

Insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, shved hujumchisi shanba kuni bo‘lib o‘tadigan Premyer-liganing birinchi turida “Aston Villa”ga qarshi bahs uchun klub qaydnomasiga kiritilmagan.

Isak bilan bog‘liq vaziyat anchadan beri tushunarli va hammasi shunday davom etmoqda. U bilan munosabatlarim a’lo darajada, chunki o‘zaro tushunish har bir futbolchiga kerak. Men har doim uni qo‘llab-quvvatlashni xohlayman. Menimcha, Isak jamoadoshlari va muxlislar yordamida bunday natijaga erisha olmasdi.

— Ertaga Isak maydonga tushadimi?

— Men uning o‘ynashini, mashg‘ulot o‘tkazishini xohlayman, ammo suhbatlarimiz tafsilotlarini oshkor qilmayman, — dedi “Nyukasl” bosh murabbiyi Eddi Hau BBC Sports bilan suhbatda.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting