locale OZ

Isak “Liverpul”ga o‘tganidan afsusdami?

Shvetsiyalik futbolchining aytishicha, debyut mavsumidagi qiyinchiliklar va og‘ir jarohatga qaramay, u transfer borasidagi qarorini biror marta shubha ostiga olmagan.
Isak “Liverpul”ga o‘tganidan afsusdami?
Foto: Getty Images

“Liverpul” hujumchisi Aleksander Isak mersisaydliklar safiga o‘tganidan hech qachon afsuslanmaganini ma’lum qildi. Shvetsiyalik futbolchining aytishicha, debyut mavsumidagi qiyinchiliklar va og‘ir jarohatga qaramay, u transfer borasidagi qarorini biror marta shubha ostiga olmagan. Bu haqda BBC Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Isak uchun “Nyukasl”dan “Liverpul”ga o‘tish oson qaror bo‘lgan. Hujumchi bunga klubning miqyosi, yuqori maqsadlari va uni jamoaga qo‘shib olishga bo‘lgan qat’iy istagi sabab bo‘lganini ta’kidlagan. Isak 2025-yil sentabrida transfer oynasining so‘nggi kunida 125 million funt evaziga “Liverpul”ga ko‘chib o‘tgan.

“Yo‘q, hech qachon. Men bunday o‘ylamaganman. Oyoq sinishi juda og‘ir bo‘ldi, uzoq muddatli jarohatni boshdan kechirgan har qanday futbolchi buni tushunadi. Ammo hozir ortga qarashdan foyda yo‘q. Men faqat oldinga qarayapman va bu mavsum bizga nimalar olib kelishidan juda umidvorman”, — dedi Isak.

Ma’lumot uchun, Aleksander Isak “Liverpul”dagi ilk mavsumida barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda 1 032 daqiqa maydonda harakat qilgan. Dekabr oyida oyog‘ini sindirib olgan hujumchi aprelgacha safdan chiqqan. Joriy mavsumda esa u Premyer-ligadagi dastlabki 4 ta o‘yinda 3 ta gol urib, o‘tgan mavsumdagi chempionat ko‘rsatkichini allaqachon takrorladi. Isakning Premyer-ligadagi umumiy gollari soni 60 taga yetgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting