Isak: «Kristal Pelas» osonlikcha taslim boʻlmaydigan jamoalardan biri»
«Liverpul» hujumchisi Aleksandr Isak Angliya Premyer-ligasining 34-turidan o‘rin olgan «Kristal Pelas»ga qarshi uchrashuv (3:1) haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«"Kristal Pelas" — kuchli raqib, ularga qarshi o‘yinlar hech qachon oson kechmaydi. O‘ylashimcha, aksariyat vaziyatlarda o‘zimizni yaxshi ko‘rsata oldik, faqat bahs yakunida bunchalik asabiylashmasligimiz kerak edi. Yomon o‘ynamadik, uchinchi golni urishga muvaffaq bo‘lganimiz juda yaxshi bo‘ldi.
"Kristal Pelas" — gol urish va vaziyat yaratish eng qiyin bo‘lgan, osonlikcha taslim bo‘lmaydigan jamoalardan biri. Menimcha, biz o‘z salohiyatimizni namoyish eta oldik — endi faqat shu formani saqlab qolishimiz kerak», — deya Isakning so‘zlarini keltirmoqda mersisaydliklarning rasmiy sayti.