locale OZ

Iraola: «Liverpul»ga albatta yangi vinger kerak»

Andoni jamoaga kerakli pozitsiyalar borasida gapirdi.
Iraola: «Liverpul»ga albatta yangi vinger kerak»
ФОТО: Getty images

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola yozgi transferlar oynasi yopilgungacha jamoaga yana nechta futbolchi kerakligi haqida fikr bildirdi.

«Hozir transferlar oynasi ochiq ekan, aniq raqamni aytish qiyin. Biz doim tarkibni kuchaytirish imkonini beradigan variantlarga tayyor bo‘lishimiz kerak. Mustahkamlashimiz shart bo‘lgan ayrim pozitsiyalar bor. Masalan, bizga albatta yangi vinger kerak.

Shu bilan birga, bozorida qanday imkoniyatlar paydo bo‘lishi, futbolchilarning narxi va hozirgi tarkibimizdagi o‘yinchilarga qanday baho berishimiz ham muhim. Jarohat olgan futbolchilar sabab ayrim pozitsiyalarda murakkab vaziyat yuzaga kelgan. Biz ularga ishonamiz, ammo hozircha holat ideal emas. Shuning uchun barchasi ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘ladi», — dedi Iraola.

Eslatib o‘tamiz, Andoni Iraola «Liverpul»ni joriy yozda qabul qilib olgan. Uning boshchiligida «Bornmut» o‘tgan mavsum Angliya Premyer-ligasida 6-o‘rinni egallab, Yevropa ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting