locale OZ

Iraola – «Liverpul» bosh murabbiyi (Romano)

Ispaniyalik mutaxassis klubni boshqarishga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Iraola – «Liverpul» bosh murabbiyi (Romano)
ФОТО: Getty images

Ispaniyalik mutaxassis Andoni Iraola Arne Slot ishdan bo'shatilganidan so'ng "Liverpul"ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi.

Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar barcha rasmiy jarayonlarni yakunlash maqsadida tez olib boriladi, ammo mersisaydliklar jamoani Iraola boshqarishiga qaror qildi.

43 yoshli mutaxassisning so'nggi klubi "Bornmut" bo'lib, u joriy mavsum yakunida jamoani tark etdi. Iraola qo'l ostida "olcha ranglilar" 57 ochko jamg'arib, oltinchi pog'onada joylashdi.

"Liverpul" 60 ochko bilan beshinchi o'rinni egalladi. Ispaniyalik mutaxassis "Bornmut"ni 2023 yilning yozidan buyon boshqarib kelayotgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting