locale OZ

Iraola «Chelsi»ni boshqarishni xohlamoqda — Romano

43 yoshli mutaxassis hozirda «Bornmut» klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Iraola «Chelsi»ni boshqarishni xohlamoqda — Romano
FOTO: Getty Images

«Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola «Chelsi»ni boshqarish istagida. Ispaniyalik mutaxassisning «olchalar» bilan shartnomasi shu yozda o‘z nihoyasiga yetadi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar berdi.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Iraola faoliyatini aynan Angliya chempionatida davom ettirmoqchi. Ayni damda «Chelsi» Liam Rosenyor iste’foga chiqarilganidan so‘ng, bosh murabbiy lavozimiga nomzodlarni o‘rganish uchun vaqt olgan. London klubi hozircha 43 yoshli mutaxassis bilan muzokaralar o‘tkazgani yo‘q.

Iraola 2023 yilning yozidan buyon «Bornmut»ni boshqarib kelmoqda. Angliya chempionatining 34 ta o‘yinidan so‘ng «olchalar» 49 ochko jamg‘argan holda yettinchi o‘rinni egallab turibdi. «Chelsi» esa 48 ochko bilan sakkizinchi pog‘onadan joy olgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting