Iraola «Chelsi»ni boshqarishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi
Avvalroq londonliklar Mareskani isteʼfoga chiqargandi.
FOTO: Getty Images
«Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola «Chelsi»ga ehtimoliy tayinlanishi haqida tarqalgan ma’lumotga izoh berdi. 1 yanvar, payshanba kuni «Chelsi» bosh murabbiyi Enzo Mareska lavozimidan ozod qilingan edi.
«Men «Bornmut»da juda baxtliman. Bunday narsalar meni bezovta qilmaydi», — deya Iraolaning soʻzlarini keltiradi jurnalist Fabrizio Romano.
Ispaniyalik mutaxassis 2023 yil yozidan buyon «Bornmut»ni boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Angliya Premer-ligasining 19 turi yakuniga ko‘ra, «Bornmut» 23 ochko to‘plab, hozirgi paytda 15-o‘rinda turibdi. «Chelsi» esa 30 ochko bilan beshinchi pog‘onada joylashgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist