locale OZ

“Iqtidorli murabbiy” loyihasi doirasida yosh murabbiylar tajribali mutaxassislar qo'l ostida amaliyot o'tashdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Iqtidorli murabbiy” loyihasi doirasida yosh murabbiylar tajribali mutaxassislar qo'l ostida amaliyot o'tashdi
FOTO: UzbekistanFA

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Iqtidorli murabbiy” loyihasi doirasida hududiy futbol akademiyalarining 20 nafar yosh va istiqbolli murabbiylari Superliga hamda Proliga jamoalarida malakali va tajribali mutaxassislar qo‘l ostida amaliyot o‘tashdi.

Amaliy mashg‘ulotlar davomida yosh murabbiylar zamonaviy murabbiylik metodikalari, futbolchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalar bilan tanishish imkoniga ega bo'lishdi.

“Iqtidorli murabbiy” loyihasining asosiy maqsadi – yosh murabbiylarni bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning professional salohiyatini oshirish orqali mahalliy akademiyalarda sifatli futbol ta’limini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting