«Ipsvich Taun» bosh murabbiyi Kieran Makenna klubni tark etishi mumkin
Unga elita divizion klublari murabbiyga qiziqish bildirmoqda.
ФОТО: Getty images
The Sun ma'lumotlariga ko'ra, "Ipsvich Taun" bosh murabbiyi Kieran Makenna jamoani tark etishi mumkin.
Avvalroq "traktoristlar" mutaxassis boshchiligida Chempionshipda ikkinchi o‘rinni egallab, Angliya Premer-ligasiga chiqishgan edi.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, bir qator elita divizion klublari murabbiyga qiziqish bildirmoqda.
"Ipsvich Taun" Makenna bilan xayrlashishni istamasa-da, uning o‘rniga nomzodlar ro‘yxatini tayyorlab qo‘ygan. Kieran Makennaning eng ehtimoliy kelgusi manzili – "Kristal Pelas", chunki yozda klubdan Oliver Glasner ketadi. Shu bilan birga, Andoni Iraoluni ham taklif qilishlari mumkin.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist