locale OZ

«Ipsvich Taun» bir mavsumlik tanaffusdan so‘ng Premyer-ligaga qaytdi

Jamoa Chempionship'da ikkinchi oʻrinni egalladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Ipsvich Taun» bir mavsumlik tanaffusdan so‘ng Premyer-ligaga qaytdi
FOTO: Getty Images

«Ipsvich Taun» klubi Chempionshipning joriy mavsumi yakunlariga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egalladi va Angliya Premyer-ligasiga (APL) yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. «Ko‘klar» bor-yo‘g‘i bir mavsum pastki divizionda harakat qilgach, yana Angliyaning kuchli jamoalari safiga qaytishga muvaffaq bo‘lishdi.

Chempionshipning 46 tur yakunlari bo‘yicha yuqori o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

1-o‘rin: «Koventri Siti» — 95 ochko (chempion).

2-o‘rin: «Ipsvich Taun» — 84 ochko (to‘g‘ridan-to‘g‘ri APLga yo‘llanma).

3-o‘rin: «Milluoll» — 83 ochko.

«Ipsvich» o‘zining eng yaqin ta’qibchisi «Milluoll»ni bor-yo‘g‘i bir ochkoga ortda qoldirib, qimmatli ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi. Eslatib o‘tamiz, jamoa 2024/2025 yilgi mavsumda Premyer-ligada 22 ochko bilan 19-o‘rinni egallab, Chempionshipga tushib ketgan edi.

Premyer-ligaga beriladigan uchinchi va so‘nggi yo‘llanma uchun pley-off bosqichida quyidagi jamoalar o‘zaro kurash olib borishadi:

«Milluoll»

«Sautgempton»

«Midlsbro»

«Xall Siti»

Shunday qilib, «Ipsvich Taun» kelasi mavsumda yana Angliya elit divizionida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting