locale OZ

“Ipsvich” “Bayer” yarim himoyachisi Esekiel Palasiosni transfer qilmoqchi

Transfermarkt portali Esekiel Palasiosning bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.
“Ipsvich” “Bayer” yarim himoyachisi Esekiel Palasiosni transfer qilmoqchi
Foto: Getty Images

Angliya Premer-ligasining yangi ishtirokchisi “Ipsvich” Leverkuzenning “Bayer” klubi yarim himoyachisi Esekiel Palasiosga qiziqish bildirmoqda. Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, ingliz klubi 27 yoshli argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat boshlagan.

Manbaga ko‘ra, “Ipsvich” Palasios transferi bo‘yicha “Bayer”ga rasmiy taklif yuborgan va hozirda nemis klubining javobini kutmoqda. Hozircha tomonlar o‘rtasida yakuniy kelishuvga erishilmagan.

Palasios 2020-yildan buyon “Bayer” safida to‘p tepib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Esekiel Palasiosning bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda. Argentinalik yarim himoyachining “Bayer” bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha davom etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting