«Inter»da katta «tozalash» bo‘lishi mumkin
Klub bir nechta o‘yinchilar bilan shartnomani uzaytirmaydi.
ФОТО: Getty images
“Inter” mavsum yakunida tarkibda katta “tozalash” ishlarini olib borishni rejalashtirgan. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jamoa Franshesko Acherbi, Stefan de Vrey va Matteo Darmian bilan xayrlashadi. Bu futbolchilarning “neradzurrilar” bilan bitimi yakuniga yetadi.
Shuningdek, darvozabon Yan Sommer ham ketadi: "Inter" u bilan kelishuvni uzaytirish niyatida emas va hozirda uning o‘rnini bosuvchi nomzodni qidirmoqda. "Tottenhem" posboni Gulyelmo Vikario klubning asosiy nishoni bo‘lib turibdi. Genrix Mxitaryan ham klub bilan xayrlashishi mumkin. Nikolo Barella va Markus Tyuram esa sotuvga qo‘yiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist